Онлайн
запись
sidearea-image
Lorem ipsum dolor sit amet, consecte adipi a ultra. Suspendisse ultrices hendrerit a vitae an sodales dolor.
Hirtenstraße 19, 10178 Berlin, Germany
+49 30 24041420
ouroffice@revolver.com
Follow us

Mumli depilyatsiya Toshkentda

HAIR BOSS HAIR BOSS

Toshkentda mumli depilyatsiya yoki vaksing qanday qilinadi?

Har bir ayol terisi silliq bo’lishini orzu qilar ekan, zarari kamroq, og’riqsiz, eng asosiysi esa samarali usullarni qidiradi. Avvallari Toshkentda depilyatsiya muolajasi katta muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan. Biroq vaqt o’tgan sari tuklardan xalos bo’lishning takomillashgan yangi usullari yaratilmoqda.
Mumli depilyatsiya nima degani?
Mutaxassis granulali mumni tog’oracha (yoki qozoncha)da eritib, uni keraksiz tuk bo’lgan teri hududiga surtib chiqadi va tezkor harakat bilan tuklar o’sishining qarama-qarshi tomoniga qarab tortib oladi. Keraksiz tuklar mum yordamida yulib olinadi. Buni eng yaxshi usullardan biri, deb bo’lmaydi, albatta! “Go’zallik qurbonlik talab etadi”, deb e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ha, ammo bu qurbonlik bizning davrimizda jismoniy emas, moliyaviy xarakterga ega.

Toshkentda mumli depilyatsiyaning afzalliklari

Avvallari terining 10-15 kun davomida silliq bo’lib qolishi afzallik hisoblanar edi. Bugungi kunda keraksiz tuklarni 2-3-7 yilga yoki butunlay ketkazuvchi lazerli epilyatsiya kabi usullarning yaratilishi tuklarni 15 kungagina ketkazuvchi muolajaning eskirganligini bildiradi.
Arzon. Bunday deb bo’lmaydi, hisoblab chiqsangiz, o’zingiz amin bo’lasiz. Masalan, 15 yil davomida qo’ltiq osti sohasining mumli depilyatsiyasi sizga 4 500 000 so’mga tushadi (12 oy*15 yil*25 000 so’m), bundan tashqari har oy mazkur og’riqli muolajani qaytarishingiz kerak bo’ladi. HAIR BOSS studiyasida esa keraksiz tuklarni butunlay ketkazish va 15 yil davomidagi profilaktik muolajalarni hisobga olganda lazerli epilyatsiya Sizga 1 755 000 so’mga tushadi (avvaliga har oy 6 marta, keyinchalik esa zaruratga qarab har 1-3-5 yilda bir marotaba murojaat qilinadi).

LAZER EPILYATSIYAGA YOZILING VA KERAKSIZ SOCHLARDAN XALOS BO’LING!

Kamchiliklari

-mumli depilyatsiya faqatgina o’sgan tuklarda qo’llaniladi (5 mm), ya’ni 2 hafta silliq teri bilan yurasiz, 2 haftadan keyin esa keraksiz tuklar bilan bog’liq muammolar (tikonli tuklar, ularning g’ashga tegishi) yana boshlanadi.
-mumli depilyatsiyadan keyin teri ostiga qarab o’sgan tuklar ham paydo bo’lishi mumkin, ularni o’zingiz ip va pintset bilan kavlay boshlaysiz yoki ertasi kuni mutaxassis uni olib tashlashga harakat qiladi, natijada infektsiya tushib qolishi va yaraga aylanishi mumkin.
-teri ta’sirlanishi, qichishish.
-mumli depilyatsiya og’riqli kechadi, agar Sizda og’riq darajasi past bo’lsa, bu muolaja Sizga to’g’ri kelmaydi.

Xavfi

-agar tajribasiz xodim qo’liga tushsangiz mum bilan birga terini ham shilib olishi mumkin, bunday voqealar ko’p uchrab turadi, ayollar bunday hollarda depilyatsiyadan teri zararlanishi va shilinishlar bilan ketadilar.
-agar xodim ozoda bo’lmasa va haddan tashqari tejamkor bo’lsa, ishlatilgan mumni tuklardan tozalab, yana qayta eritib, ishlataveradi, bu esa gigiyena qoidalariga ziddir.
-xodim mumni haddan ortiq qizdirib yuborsa, teri kuyishi ham mumkin.

LAZER EPILYATSIYAGA YOZILING VA KERAKSIZ SOCHLARDAN XALOS BO’LING!

HAIR BOSS lazerli epilyatsiya studiyasi

HAIR BOSS lazerli epilyatsiya studiyalarida eng ko’p beriladigan savol: mumdan lazerga qanday o’tish mumkin? Va lazerli epilyatsiyaning mumli depilyatsiyadan afzalligi nimada?
Vaksingdan lazerli epilyatsiyaga qanday o’tish mumkin?
Oddiygina! Keraksiz tuklarni mum yordamida yulishni to’xtatasiz! Ikki hafta davomida har 1-3 kunda keraksiz tuklarni ustarada olasiz. Shundan keyin lazerli epilyatsiyaga kelasiz! Bir oy davomida 4-6 ta muolaja olishingiz kerak bo’ladi, ana shunda keraksiz tuklardan butunlay qutulasiz.

Afzalliklari

-Eng asosiysi keraksiz tuklardan bir necha yilga yoki butunlay xalos bo’lasiz.
-Muolaja uchun tuklarni o’stirib kelish shart emas. Seanslar oralig’ida o’sib kelayotgan tuklarni qirib turishingiz mumkin.
-Har bir muolajadan keyin tuklarning o’sishi kamayadi va ular ingichkalashadi.
-Teri ostiga qarab o’sadigan tuklar bo’lmaydi! Agar ular lazerli epilyatsiyadan avval bo’lgan bo’lsa ham 2-3 ta muolajadan keyin butkul yo’qoladi.
-Sterillik. HAIR BOSS studiyasida mijozlarga bir marta ishlatiladigan ashyolar bilan xizmat qilinishi kafolatlanadi, lazerda bir martalik qoplama ham shular jumlasidandir.
-Og’riqsiz! HAIR BOSS studiyasida lazerli epilyatsiyada innovatsion sovutish tizimi qo’llaniladi, bu muolajaning og’riqsiz o’tishini ta’minlaydi.

LAZER EPILYATSIYAGA YOZILING VA KERAKSIZ SOCHLARDAN XALOS BO’LING!