TOSHKENTDA LAZERLI EPILYATSIYA
HAIR BOSS LAZERLI DIOD EPILYATSIYANING ZAMONAVIY STUDIYASI. ENG YANGI UCH TO’LQINLI GIBRIDLI LAZERDA ISHLAYMIZ.
Bu estetik xizmatlar sohasidagi yutuq, bugungi kunda eng kerakli muolajalardandir. Lazerli epilyatsiya hech qanday asoratlarsiz keraksiz tuklardan qutulish va silliq teriga ega bo’lish imkonini beradi. Ortiqcha tuklar joningizga tegdimi – bunda sizga lazerli epilyatsiya yordam beradi, doimiy aktsiyalar va moslashuvchan chegirmalar tizimi tufayli narxlar nisbatan arzonlashdi. Ko’pchilik haliyam lazerli epilyatsiyani og’riqli muolaja, deb hisoblaydi, ammo bizning lazerimizda muolajani og’riqsiz o’tishini ta’minlovchi innovatsion sovutish tizimi o’rnatilgan.
HAIR BOSS da so’nggi rusumdagi 3 to’lqinli lazer o’rnatilgan, bir vaqtning o’zida 3 ta to’lqin: 750 – Aleksandrit to’lqini, 1064 – Neodim to’lqini, 808 – Diod to’lqinini tarqatadi. Bizning apparatimizda turli xil – ingichka, qalin, qoramtir, sarg’ish, malla tuklar hamda qillarga ta’sir qiluvchi 3 ta samarali to’lqin mujassam bo’lgan. Yuqori tezlikdagi nurlar muolajani tez va maksimal darajada samarali amalga oshishini ta’minlaydi, ishlov berilmagan biron-bir joy qolmaydi.
Muolaja 21-30 kunda 1 marotaba o’tkaziladi. Muolajalar soni tuklarning turiga qarab, individual tanlanadi.
Muolajalar soni o’rtacha 4-6 marta. Kurs to’liq o’tilgandan keyingina tuklarsiz 100% silliq teri natijasiga erishiladi. Birinchi muolajadan keyin natija sezila boshlaydi, tuklar kamayadi, qirilgandan keyingi tirnalishlar ketadi, teri osti tuklari yo’qoladi!
-Lazerli epilyatsiya muolajasidan 10-20 kun avvval depilyatsiyaning barcha turlarini to’xtatish kerak (shugaring, mum, pintsetda yulib olish, elektr epilyator). Tuklarni faqatgina qirish mumkin.
-Muolajani o’tkazishdan 14 kun avval tetratsiklin guruh antibiotiklari hamda ftorxinolon preparatlarini qabul qilish mumkin emas.
-Lazerli epilyatsiyadan 3 kun avval spirtli mahsulotlardan foydalanmaslik lozim.
-muolajadan keyingi 3 kun davomida sauna, hammom va basseynlarga borish ta’qiqlanadi;
-muolajadan keyin 3 kun davomida teri parvarishida tarkibida spirt bo’lgan vositalardan foydalanmaslik;
-muolajalar oraligidagi vaqtda o’sayotgan tuklarni faqatgina ustarada qirish mumkin;
-mum, shugaringdan foydalanmaslik, tuklarni pintset yoki elektroepilyator yordamida yulish mumkin emas.
Muolajani o’tib bo’lganingizdan so’ng, keyingisini o’z vaqtida olishingiz uchun unga darhol yozilib qo’ying.